Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda
13.08.2021 08:27,  
181

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani hokimligi mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Arnasoy tumanida rejadagi 8000 gektardan 1068 gektarga chigit ekilmagani hamda zaruriy agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmagani oqibatida 1549 gektarda paxta yetishtirish imkoniyati yo‘qotilgani aniqlangan.

«Biroq, tuman hokimligi mansabdor shaxslari 8000 gektarda g‘o‘za parvarishlanayotganini ko‘rsatishib, 7 mlrd 16 mln so‘mlik ortiqcha imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga erishgan. Natijada juda ko‘p miqdordagi mablag‘lar o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan 30 iyun kuni Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан