Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etishi kutilmoqda
14.08.2021 10:43,  
536

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani yaqin vaqtlar ichki siyosatdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan xalqiga murojaat qilishi va mamlakatni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar tarqatgan.

Telekanal muxbiri aniqlik kiritishicha, G‘ani murojaat bilan chiqqach, istalgan vaqtda mamlakatni tark etishi mumkin. Bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan, ammo rad ham etilmagan.

AQSh Afg‘onistondagi qurolli operatsiyani tugatgani va qo‘shinlarini olib chiqishni boshlaganidan so‘ng, “Tolibon” harakati hukumat pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi. Turli manbalarga ko‘ra, toliblar Afg‘oniston hududining 85 foizigacha, jumladan Eron, Xitoy, Pokiston. Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarni nazorat qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан