Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






AstraZeneca o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini “Sputnik V” bilan birga qo‘llab ko‘radi
12.12.2020 13:16,  
90

Kompaniyaning ma’lumot berishicha, AZD1222 va “Sputnik V” vaksinalari adenovirus vektorlari asosida ishlab chiqilgan.

AstraZeneca Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasini Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan birga qo‘llab sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, sinovlarda 18 yoshdan yuqori bo‘lganlar ishtirok etadi. Kompaniyaning ma’lumot berishicha, AZD1222 va “Sputnik V” vaksinalari adenovirus vektorlari asosida ishlab chiqilgan.

AstraZeneca turli vaksinalarni birgalikda qo‘llash "immun tizimining javob qaytarish xususiyatini kuchaytirishi mumkin"ligini ta’kidlagan.

Kompaniya klinik tadqiqotlar Rossiyada o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinasi uchinchi bosqich sinovi natijalarini e’lon qilgandi. Ta’kidlanishicha, vaksina samaradorligi 62dan 90 foizgacha bo‘lgan. Tadqiqotda 24 ming kishi qatnashgan va faqat uch kishida nojo‘ya ta’sir kuzatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан