Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avgustdan ob-havo yana isib ketishi kutilyapti
30.07.2021 12:29,  
922

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlarida O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga ham respublikamizda biroz salqin ob-havo saqlanib qoladi. Kam bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo haroratining kunduz kungi qiymati 32-37° ni tashkil etadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston Respublikasi bilan yondosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 30-31 iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

1 avgustdan respublikamizni salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Uning o‘rnini Erondan kirib keladigan issiq va quruq ob-havo massalari egallaydi. Kunduz kuni havo haroratining 35-40° gacha isishi kutilmoqda.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан