Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Aviachiptalar narxining qimmatligi yuzasidan antimonopoliya qo‘mitasiga senator so‘rovi yuborildi
17.04.2021 15:34,  
230

Aviachiptalar narxining haddan ziyod yuqoriligi yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisiga senator so‘rovi yuborildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati axborot xizmati xabar berdi.

Senatning ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda parvoz vaqti 1 soat 10 daqiqa bo‘lgan Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptaning narxi faqat bir tarafga 4 mln. 700 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Xolbuki, parvoz vaqti 3 soat 40 daqiqadan iborat Toshkent–Moskva yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 mln. 200 ming so‘m, Toshkent–Riga yo‘nalishi bo‘yicha 2 mln. 800 ming so‘m (parvoz vaqti – 5 soat 30 daqiqa), Toshkent–Nyu York yo‘nalishi bo‘yicha esa 6 mln. 500 ming so‘m (parvoz vaqti –  12 soat) etib belgilangan. Samolyotlar turlari esa deyarli bir xil.

"Ko‘rinib turibdiki, parvoz vaqti 1 soat 10 daqiqa bo‘lgan Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptaning narxi undan bir necha soat ko‘p parvoz qilinadigan yo‘nalishlar uchun belgilangan narxlardan sezilarli darajada yuqoridir. Ushbu “tushunarsiz holat” fuqarolarimiz uchun qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda",–deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mas’ullar narx belgilashda fuqarolarimiz tushib qolgan tanlovsiz, murakkab vaziyatdan insofsizlarcha foydalanmoqda. Zotan, Qozog‘istonga chegaradan piyoda yoki avtotransport vositasida o‘tishga Qozog‘iston tomonidan pandemiya sababli taqiq qo‘yilgan va bizning mas’ullarimiz ana shunday sharoitda fuqarolarimiz majburligidan ham qimmat narxda chipta sotib olaveradi, degan ishonch bilan o‘z yurtdoshlarining manfaatlariga zid harakat (yoki harakatsizlik) qilayotgani ta’kidlangan.

Oqibatda ishlash yoki boshqa maqsadlarda qo‘shni Qozog‘istonga ketayotgan fuqarolarimiz yana asossiz va ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Toshkent–Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar haddan ziyod yuqori narxda sotilayotganligini o‘rganib chiqish va natijasi borasida ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetovga senator so‘rovi yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан