Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Avto 60 oy" ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi
3.06.2020 08:41,  
342

"Avto 60 oy" MChJ mansabdor shaxslarga qarshi jinoiy ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi, deya xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Joriy yilning 6 may kuni ayblanuvchilar J.B., O.M., E.Q., M.X.,larga nisbatan soxta tadbirkorlik, pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, firibgarlik hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida bilan ayblov to‘ldirilib, shu kuni dastlabki tergov harakatlari tamomlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha "Avto 60 oy" MChJ bosh ofisdan olingan buxgalteriya hujjatlaridagi ma’lumotlar bo‘yicha 19.344 dan ortiq shaxslardan shartnomalar tuzganligi aniqlangan va ushbu shartnomalar jinoyat ishiga qo‘shilgan.

Tergov harakatlari davomida jami yetkazilgan moddiy zarar 47,7 mlrd. so‘m ekanligi aniqlanib, shundan 36,8 mlrd. so‘m undirilgan.

"Hozirda jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborish choralari ko‘rilmoqda", - deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан