Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobildan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimi bekor qilinishi mumkin
12.06.2019 18:04,  
49

"Mening fikrim" portalida o‘tgan yilning oktyabrida avtotransport vositalaridan foydalanishda yaqin qarindoshlarning bir-biriga ishonchnoma berish tartibini bekor qilish taklifi bildirilgandi.

13 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu petitsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqildi va uning natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu hujjat surati tarmoqda paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi yaqin qarindoshlar o‘rtasida  avtotransport vositalarini ishonchnomasiz boshqarganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish, yaqin qarindoshlar ro‘yxatini belgilash, ularni sug‘urta polisiga kiritish majburiyatini nazarda tutadi. 

Bugungi kunda avtomobildan ishonchnomasiz foydalanish eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. 2018 yilda notarial tasdiqlangan ishonchnomalar soni 670 ming (343 mingtasi yaqin qarindoshlar o‘rtasida)dan oshib, ulardan jami 222,7 mlrd so‘m (shundan 31,8 mlrd so‘m yaqin qarindoshlardan) davlat boji undirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан