Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Avtomobillar yuvish shoxobchasida "GAI" mashinasini minib yurgan "moykachi" va inspektorga chora ko‘rildi
7.06.2021 18:36,  
236

Ijtimoiy tarmoqda «Siz mobodo TikTokchi emasmisiz?» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6 iyun kuni Andijon viloyati, Marhamat tumani IIB YHXG katta inspektori O.Karimov tushlik vaqtida «Lasetti» rusumli, 60 531 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilni yuvdirib olish uchun YHXG binosi yaqinida joylashgan avtomobillar yuvish shoxobchasiga olib kirgan. 

Avtomashinalarni yuvish bilan shug‘ullanuvchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. xizmat avtomobilini shoxobcha hududida boshqarib yurganligi holati tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. Holat o‘rganilib, YHXG katta inspektori O.Karimov va fuqaro N.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma tuzildi.


 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан