Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev
17.06.2021 14:13,  
92

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Andijon viloyatiga keldi.

Izboskan tumanining Qo‘g‘ay mahallasi - eng chekka hududlardan biri. Iqtisodiy imkoniyatlar natijasida qishloqlarga ham sanoat kirib bormoqda. Bu aholini ish bilan ta’minlashda juda muhim.

Yaqinda ushbu mahallada “Sohib omad barakasi” klasteri tomonidan “And gold” tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushirildi.

Davlatimiz rahbari mazkur fabrika faoliyati bilan tanishdi.

Qiymati 2 million 500 ming AQSh dollari bo‘lgan loyiha doirasida yangi bino qurilib, zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Korxona yiliga 3 million 500 ming dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Bu boradagi yillik imkoniyat 5 million dollardan ziyod. Halitdanoq kalava ip yetkazib berish bo‘yicha Xitoy va Rossiya bilan shartnoma tuzilgan.

Korxonada hozircha 830 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Prezidentimiz ular bilan suhbatlashdi.

- Sizlarga o‘zimning hurmatimni, muhabbatimni bildiraman. O‘zlaringiz yashaydigan qishloqda ishli bo‘lganlaringizdan xursandman. Qachon Izboskanda mana shunday zamonaviy korxona bo‘lgan? Bu ishlarni yana davom ettiramiz. Xotin-qizlarimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Ayol ishli bo‘lib, kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilasi ham baxtli bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Fabrika to‘la quvvatga chiqqanda, chekka hududdagi 1 ming 200 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Shu yerda Andijon viloyatida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан