Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim deputatlar asfalt qalinligini aniqlashi mumkin, lekin normani tushinishda latta chaynaydi — Qodirov Kusherboyevga "namyok" qildi
8.05.2021 09:43,  
455

Qonunchilik palatasining deputati qonun ijodkorligi jarayonida charxlanadi. Bu Qonunchilik palatasining deputati uchun eng muhim masala. Bu charxlanganlikning darajasi qonun normalarini tushunish, tahlil qilish va odamlarga tushuntirish jarayonida ko‘rinadi, deb yozmoqda deputat Alisher Qodirov.

«Deputatlarning ko‘pida aynan shu xislat shakllangan, ular normalarni yaxshi tushunishadi va takliflar kiritishadi, tortishishadi. Lekin buni ommaga yetkazib berolmaydilar. Shu sababli juda foydali va charxlangan deputatlar ishlamayotgandek ko‘rinadi.

Ayrim deputatlar esa asfaltni qalinligini aniqlashda professional bo‘lishi mumkin, lekin normani mag‘zini tushinishga kelganda lattachaynaydilar. Eng yomoni tushunmasa ham «odamlarga tushuntirishni» qoyillatishadi, bir narsani hidi kelishni boshlaganidan keyin ko‘zini lo‘q qilib «balki men tushunmayotgandirman, balki meni kallam ishlamayotgandir, lekin men shunday deb o‘ylayman» deb turaveradi.

Odamlarni chalg‘itish yoki xato xabarni tarqalishini hisobga olmasak buni bir omining zararsiz go‘lligi desa ham bo‘laveradi», deydi u.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан