Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ayrim shaxslardan xorijga chiqish pasporti uchun davlat boji undirilmaydi
14.03.2022 17:49,  
265

Joriy yilning 14 martida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun bilan biometrik pasport o‘rniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.  
 
Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.  
 
Oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.  
 
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlandi. Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda fuqarolarga uning o‘rniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bo‘lsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.  
 
Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganligi uchun davlat boji undirilmaydi.  
 
ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан