Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatida ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
21.03.2021 14:54,  
257

Professional bokschimiz Azizbek Abdug‘ofurov Moskva shahrida tashkil etilan jang oqshomida navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Ushbu jangda bokschimizga mezbon Pavel Silyagin raqiblik qildi. Bahsda Azizbekka tegishli WBC Silver kamari o‘rtaga qo‘yilgandi. 

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar evaziga ko‘ra aniqlandi. Jang yakuniga ko‘ra, hakamlar to‘qnashuvda ustunlikka erishgan Silyaginga (120-108, 119-109, 119-109) g‘alabani taqdim etishdi.

Shu tariqa, Azizbek Abdug‘ofurov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va o‘zining WBC Silver kamarini Pavel Silyaginga boy berib qo‘ydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан