Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Badiiy akademiya markaziy apparati xodimlarining maoshiga 100 foizlik ustamalar qo‘shiladi
22.04.2020 10:17,  
207

Avval xabar qilganimizdek, “Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4688-son, 21.04.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrining ko‘chalaridan biriga Kamoliddin Behzod nomi beriladi va 2020/2021 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 15 sentyabrga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xiyoboni zamonaviy qiyofada qayta tashkil etiladi va uning hududidagi Kamoliddin Behzod haykali 2022 yilda bronzaga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzurida:

  • Badiiy ta’lim yo‘nalishlaridagi pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi;
  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) tashkil etiladi.

Markaz faoliyati 2022 yil 1 yanvardan, Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga yurtimiz tasviriy san’atiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli ijodkor Pavel Benkov nomi beriladi.

2020 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан