Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Badiiy kengashlar qayoqqa qarayapti?» – Shavkat Mirziyoyev ayrim telekanallardagi ko‘rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi
19.01.2021 22:37,  
1005

O‘zbek telekanallarida efirga uzatilayotgan aksariyat loyihalar yoshlar tarbiyasini buzish va oilaviy qadriyatlarni izdan chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

«Bugun ayrim telekanallarimizda namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlar, ko‘ngilochar dastur va seriallarning ma’naviy-axloqiy saviyasi odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Ularning aksariyati yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish o‘rniga, tarbiyasini buzish, oilaviy qadriyatlarimiz va axloqiy qarashlarimizni izdan chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bu – achchiq haqiqat.

Telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar qayoqqa qarayapti? Ular qaysi mezonlar asosida ish ko‘ryapti?», – dedi Prezident.

Davlat rahbari Milliy teleradiokompaniya, «O‘zbekkino» milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ma’naviyat markazi rahbarlariga ikki oy muddatda barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, ularning nizomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Kerak bo‘lsa, bu boradagi mavjud qonunchilikni ham takomillashtirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан