Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?» — Shavkat Mirziyoyev
28.05.2021 19:47,  
359

Bu haqda prezident ayni vaqtda o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz ».

Unda aytilishicha, uy-joy shirkatlarining muddati o‘tgan kreditorlik qarzi 1,4 trln so‘mdan ortib ketgan, 950 tasining (25 foiz) moliyaviy holati o‘ta og‘ir ahvolda.

Qariyb 70 foiz shirkatlarning kredit muddatlari 3−4 martadan uzaytirilgani bilan ushbu imtiyoz berilgan kreditlarning 52 foizi so‘ndirilmayapti.

«Bu banklarning puli-ku. Sizlar banklarga „pul ber“ deb o‘rganib qolgansizlar, ularni qaytarish haqida kim o‘ylaydi?… Bular ham pul-ku», — dedi davlat rahbari.

Muammoli kreditlarning asosiy qismi Toshkent shahri (90 mlrd so‘m), Andijon (35 mlrd so‘m), Toshkent viloyati (28 mlrd so‘m), Farg‘ona (27 mlrd so‘m), Surxondaryoga (26 mlrd so‘m) to‘g‘ri keladi.

«Iqtisodiyotga mablag‘lar qaytarilmayapti. Bu iqtisodiy kompleks ishlamayotganligini anglatadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан