Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Barselona» rasman Xavini bosh murabbiy sifatida tanishtirdi
9.11.2021 08:33,  
54

Xavi Ernandes rasman «Barselona» klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Kamp Nou» stadionida yangi bosh murabbiyning taqdimoti o‘tkazildi. Xavi stadionda yangi shartnomaga imzo chekdi.

«Barselona» va Xavi o‘rtasida shartnoma 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. U bu lavozimda ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanni o‘rniga tayinlandi. 

28 oktyabr kuni «Barselona» 2020 yil avgustidan Kataloniya klubini boshqarib kelgan bosh murabbiy Ronald Kuman iste’foga chiqargan edi. Uning rahbarligida jamoa Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi va mamlakat chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. Joriy mavsumda esa 11 o‘yinda 16 ochko to‘plagan «Barselona» chempionat jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Xavi murabbiylik faoliyatini 2019 yilda Qatarning «As-Sadd» klubida boshlagan edi.

Xavi «Barselona» klubi afsonalaridan biri hisoblanadi. U futbolchilik faoliyati davomida 17 yil mazkur jamoa sharafini himoya qilgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан