Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Barselona", "Real Madrid" va "Yuventus" Chempionlar Ligasidan chetlashtiriladi
3.06.2021 08:53,  
211

"Barselona", "Real Madrid" va "Yuventus" Chempionlar Ligasidan chetlashtiriladi, deb xabar bermoqda Sports Rep "La Repubblica"ga asoslanib.

Bu haqida shu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda. Hammasiga Superliga sababchi!

Eslatib o‘tamiz, Superligani Yevropaning 12 ta eng yaxshi klublari tashkil etgan: "Real", "Barselona", "Atletiko" (barchasi - Ispaniya), "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem" (barchasi - Angliya), "Yuventus" , "Inter" va "Milan" (barchasi - Italiya).

Turnir Chempionlar Ligasi o‘rnini egallashi kerak edi, ammo UYeFA loyiha ishtirokchilarini milliy turnirlardan chetlatilish bilan tahdid qildi. Shundan so‘ng Superligadan 9ta klub chiqib ketdi. Faqatgina "Barselona", "Real" va "Yuventus" Superligadan chiqib ketishni istashmadi.

Shu sababli UYeFA ularni YeChLdan chetlashtirmoqchi. Bu haqida shu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан