Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Beeline» abonentlarning konstitutsiyaviy huquqlari buzilganligi haqidagi ayblovlarni rad etdi
9.06.2020 19:15,  
163

«Beeline» shu yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirilgan materialdagi xulosalarni, hech bo‘lmaganda noto‘g‘ri va ishonchsiz deb hisoblashini ma’lum qildi.

«Super OY internet-paketlari - nega tanlash erkinligi yo‘q?» deb nomlangan maqolada tegishli idoraning ta’kidlashicha, «fuqarolarning konstitutsion huquqlari, shaxsiy huquqlari qo‘pol ravishda buzilmoqda».

«Ushbu turdagi nashr asossiz ayblovdir. Bizning fikrimizcha, «Internet-paketlarni» taqdim etish tartibi agentlik mutasaddilari tomonidan yuzaki o‘rganib chiqilgan va bunday hissiy va yolg‘on xulosalarni e’lon qilishdan avval kompaniyadan izoh olinmagan» - deyiladi kompaniya izohida.⠀

Bundan tashqari, «Beeline O‘zbekiston»ning rasmiy bayonotida quyidagilar qayd etilgan:

"Foydalanuvchilarga xizmatlarni ko‘rsatishda mustaqil ravishda ulanish uchun internet- paketlarining keng tanlovini taklif qiladigan tijorat sub’yekti tomonidan agentlik xodimlari abonentlarning konstitutsiyaviy huquqlari qay tarzda buzilganligini ko‘rganlari ham tushunarsiz hol.

Kompaniyaning boshqa har qaysi xizmatlari singari hech qanday majburiyatlarsiz 6 (olti) qatorlik internet-paketlarning istalganini tanlash va ularni yoqtirish mumkin".

Shuningdek, O‘zbekiston hukumati COVID-19 ning tarqalishiga qarshi kurashib, iqtisodiyotning, shu jumladan telekommunikatsiya sohasining barqarorligini ta’minlash uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda barcha kuchini sarflagan bir vaqtda, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi qoshidagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining harakatlari aksincha, mamlakat rahbariyatining bunday qiyin davrda biznesni qo‘llab-quvvatlash siyosatini buzayotganligi aytilgan.

"Va bunday tasdiqlanmagan ma’lumotlarning e’lon qilinishi ushbu bosqichda xalqaro kompaniyaning ishbilarmonlik obro‘yiga zarar yetkazib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadi.

Ushbu izohlar va tushuntirishlarning barchasi, shuningdek tegishli talablar «Beeline» O‘zbekiston» kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yuborilgan rasmiy xatida aks ettirilgan" - deyiladi kompaniya xabarida.

«Beeline» ushbu ishni yanada chuqurroq o‘rganib chiqilishiga va bu borada adolatli qaror qabul qilinishiga umid qilishini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан