Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Belarusda isiriq giyohvand modda deb e’lon qilindi
21.08.2021 18:52,  
330

Mamlakat bojxona organlari ma’lumotlariga ko‘ra, «garmalin» (isiriq) va «garmin» xavfli psixotrop modda bo‘lib, Belarusda davlat nazoratiga olingan va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning respublika ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydi.

Shu munosabat bilan elchixonaning bildirishicha, ushbu moddalar va ularni o‘z ichiga olgan o‘simliklarni Belarus hududiga olib kirish mamlakat Jinoyat kodeksining 328-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortishga yoki 12 yilgacha qamalishga sabab bo‘ladi.

«Belarus qonunchiligi buzilmasligi uchun respublika bojxona organlari mamlakatga kirayotgan fuqarolardan o‘zlari bilan o‘ta xavfli psixotrop modda bo‘lgan o‘simliklarni olib kelmaslikni so‘ramoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан