Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Besh kundandan beri komada yotgan" san’at instituti talabasi haqida ma’lumot berildi
28.02.2021 09:53,  
651

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigitning kasalxonada yotganligi aks etgan fotosurat tarqaldi. Fotosurat sharhiga “San’at instituti talabasi 5 kundan beri komada”, deb yozilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 12.30 larda 18 yoshli Madamin A. va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi 20 yoshli Jaxongir A. o‘rtasida kelib chiqqan mojaro, janjalga aylangan. Natijada Madamin A. qo‘l jangi usulini qo‘llab, ikkalasi yerga yiqilgan. Yiqilish jarayonida Jaxongir A. beton to‘siqqa boshi bilan urilgan. Oqibatda u tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (“Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Madamin A. jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilingan. Tergov davom etmoqda.

Aniqlanishicha, yigit yana komaga tushib qolgan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан