Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Besh nafar nomzodning uch nafari sudyalikka noloyiq deb topildi
15.05.2021 14:53,  
234

Bu haqda yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

"Kengash yangilangan tarkibining ikkinchi yig‘ilishi besh soatdan ko‘proq davom etdi. Chunki kun tartibidagi masalalar salmog‘i katta bo‘lib, har biri jiddiy muhokama etildi-da.

Natijada:

Sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga ko‘rsatilgan besh nafar nomzodning uch nafari noloyiq deb topildi. Ikki nafariga ishonch bildirildi.

Ya’ni:

Shuhrat Rustamovich Astanov — birinchi besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Sherzod Baxtiyorovich Jamolov — birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bungacha Sh. Astanov «Qishloq qurilish bank»muammoli aktivlar departamenti sud ishlari bo‘limi huquqiy maslahatchisi, Sh. Jamolov Sudyalar oliy kengashining yetakchi inspektori lavozimida ishlagan.

***
Sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga ko‘rsatilgan besh nafar nomzodning bir nafari noloyiq deb topilgan bo‘lsa, yana bir nafari zaxiraga qoldirildi.

Alqissa:

Alisher Adashaliyevich Qo‘chqorov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Yulduz Nizomitdinovna Muxammadiyeva — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Akmal Zuhriddinovich Razikov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

***
Yig‘ilishda Kengash vakolatiga doir qator masalalar qatori 18 nafar sudyaga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llashga rozilik berish masalasini ham ko‘rib chiqdi. Qayd etish kerak, necha nafar sudyaga nisbatan bunday masala kun tartibiga qo‘yilsa, bu sidirg‘asiga rozilik beriladi, degani emas. Ularning har biri a’zolar tomonidan o‘rganilib, ovoz berish yo‘li bilan kollegial hal etiladi.

Shunday bo‘ldi ham.

Kengash a’zolari 18 nafar sudyaga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qo‘llashga oid hujjatlarni ko‘rib chiqib, 4 nafariga nisbatan rad qilish, 14 nafariga nisbatan rozilik berish haqida qaror qabul qildi.

Ozmi-ko‘pmi? Taassufki, ko‘p, ko‘p... Biroq bu — sudyalarning professional salohiyati nechog‘ligidan tashqari ularga qo‘yilayotgan talablar oshib borayotganini ham bildiradi" deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан