Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bir jinoyatni berkitish uchun ikkinchisini sodir etdi
16.03.2021 21:11,  
285

Joriy yilning 15 mart kuni Qashqadaryo viloyati IIB TXTBga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, 14 mart kuni "Toshg‘uzor-Qayirma" temir yo‘l bekatlari oralig‘i 7-km 1- to‘siqda, olib borilgan tadbir davomida, temir yo‘l ko‘prigi ostida, 1981 y.t. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani, Dultali qishlog‘ida yashovchi P.N. va 1986 y.t. U.N.lar 1 dona 50 litr hajmli gaz balon, 1 dona 40 litr hajmli kislorod baloni va uzunligi 10 metr bo‘lgan shlanglarni turli hil metallarni kesuvchi asbob anjomlar bilan aniqlanib ushlangan. Bu haqida IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida P.N. va U.N.lar temir yo‘l yaqinida joylashgan "temir quvurlarni" o‘zlarini ehtiyojlari uchun talon-taroj qilmoqchi ekanliklari ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng  P.N. ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik evaziga IIB TXTB JQB boshlig‘i A.T.ga 5 mln so‘m pullarni pora sifatida taklif qilgan.

15 mart kuni IIV O‘XB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari, Qarshi transport prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro P.N. kapitan A.T.ga G‘uzor tumani Toshg‘uzor temir yo‘l bekati ma’muriy binosida 250 AQSh dollari va 2.000.000 so‘m miqdorida pul mablag‘ini pora sifatida bergan vaqtida jinoyat ustida xolislar ishtirokida ushlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан