Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Birinchi fevraldan kimlarning maoshi 10% oshadi
30.01.2021 09:50,  
4762

O‘zbekistonda 1 fevraldan byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar 10 foizga oshadi, lekin ayrim nafaqa turlari miqdori o‘zgarmaydi.

"2021 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirilsin", - deyilgan prezident qarorida. 

Shuningdek qo‘yidagi to‘lov miqdorlari ham oshiriladi:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (avval 679 330 so‘m);
bazaviy hisoblash miqdori1- – 245 ming so‘m (avval 223 ming so‘m);
4 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
                  a) 1ta bolali oilalarga – 144 100 so‘m (avval 131 ming);

                  b) 2ta bolali oilalarga – 238 700 so‘m (avval 217 ming);

                  v) 3ta va undan ortiq bolali - 334 400 so‘m (304 ming);

Oshmaydigan to‘lov turlari:

Bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa - 434 ming so‘m;
Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam -  326 mingdan 653 ming so‘mgacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam - 434 mingdan 1 085 ming so‘m (avval ham  shuncha, ya’ni oshmaydi) etib belgilangan.
Maoshlar va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha ushbu o‘zgarishlar 2021 yil uchun "O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан