Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Birinchi o‘zbek kosmonavti ta’sischiligidagi korxonaga aloqador tergov ishi nazoratga olindi
2.05.2021 19:57,  
298

Birinchi o‘zbek kosmonavti Solijon Sharipov ta’sischiligidagi korxonaga aloqador tergov ishi nazoratga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan 2020 yilning 3 dekabr kuni  «Megatek-Avto» korxonasi ulushdorlari bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keyingi tergov harakatlarini olib borish uchun Toshkent shahar Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, 2021 yil 20 aprel kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi (Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1,2-bandlariga asosan jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Mazkur qaror Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, 2021 yil 29 aprel kuni bekor qilingan.

Dastlabki tergov jarayonida mol-mulkka qo‘yilgan taqiq yechilganligi holati yuzasidan Tergov departamenti tomonidan xizmat tekshiruv o‘tkazilmoqda. Haqiqatni aniqlash va holatga qonuniy baho berish maqsadida, jinoyat ishi IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga olinib, «Megatek-Avto» MChJ hamda jinoyat ishiga aloqador «Grand Ravon Oil» MChJ va «Vodiy Grand Optima» MChJlarning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yildi. Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan alohida nazoratiga olingan va tergov natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан