Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Biz siyosatga saylovlardagina ta’sir o‘tkaza olamiz!
14.11.2019 09:54,  
243

Kecha Farg‘onada saylovoldi targ‘ibotining mantiqiy davomi bo‘lmish OAV xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kamina ham MA-News Agency vakili sifatida xabar topib bordim.

Avvalo, meni hayratga solgan 1-2 ta masalalarni aytib o‘tsam:

5 ta partiya vakillari bilan savol-javob qilindi. Partiyalarning viloyatdagi rahbarlari bilan emas, qaytaraman a’zolari bilan. Bu tabiiyki, hayratlanarli. Nega?! Nega Farg‘ona viloyatdagi rahbarlari bilan emas, ularning vakillari bilan savol-javob bo‘ldi?

Keyingi qiziq holat, jurnalistlarimiz qaysi bayroq ostida harakat qilayotganliklaridir. Ayrim blogerlarimiz va jurnalistlarimiz partiyalarning ramziy lentalarini taqib olishgani bo‘ldi.

Mening nazarimda, jurnalist qaysidir partiyaning tamsilchisi bo‘lishi kerak emas. Aks holda u o‘z auditoriyasini xolislikdan chalg‘itib qo‘yadi. Qaysidir partiya bilan PR masalasida kelishishi jurnalistikada bor gap. Lekin qaysidir Partiya nomidan gapirishi rostdan men uchun tushunarsiz holdir.

Yana bir holat - reglament masalasi bo‘ldi. Men har bir partiya vakiliga ajratilgan vaqtga e’tibor berdim. Ularning ichida eng oz vaqt gapirgani O‘zLiDeP vakili bo‘ldi. Undan keyin EkoPartiya vakili turibdi. Ya’ni bu ikki Partiya vakillari qolgan 3 ta vakildan kam gapirdilar. Holbuki, har bir spikerga 3 daqiqadan vaqt ajratilgan edi. Vakillarning gapirishlari yozib olingan.

Fursatdan foydalanib, ayrim jurnalist hamkasblarga aytar so‘zim, boshqa jurnalistlarda ham savol borligini inobatga olish kerak. Bitta masalani ushlab olib 4-5 marta shu mavzuni qaytarish bilan ham vaqt yutqaziladi, ham boshqa savol beruvchi kollegalarga hurmatsizlik bo‘ladi. Ya’ni savollarni faqat men berey deyish kerak emas. Press-konferensiya qoidalari bor. Siz o‘zingiz suhbatlashmayapsiz ular bilan.

Vaqt oz qolayotganini hisobga olib 2 ta Partiyaga savol beroldim, xolos. Ular quyidagilar

XDP vakiliga cavolim: — Sizlarning Toshkentdagi yetakchingiz Ulug‘bek Inoyatov Toshkentda 5 kishilik oilaning boquvchisi 1 kishi bo‘lsa, 2,5 mln so‘m bir oyga yetadi deb aytdi. Toshkentdagi boshqa bir XDP faoli esa talabalar stipendiyasi 400 ming ekaniga ishora qilib, "400 ming so‘m kartoshkaga yetadi, xolos" degandi. Sizningcha, Farg‘onada 5 kishilik oila uchun 1 oylik xarajat qancha so‘m bo‘lishi mumkin?

UzLiDeP vakiliga: — Siz majoritar saylov tizimidan proporsional saylov tizimiga o‘tish tarafdori ekanliklaringizni aytdingiz. Kelgusi 5 yilda shu tizimga o‘tish uchun qadamlar qo‘ymoqchisizlar. Bu Sizlarda nomzodlar yetishmovchiligidan kelib chiqdimi? Bunda fuqarolar emas, hududlar uchun kurashiladimi? Misol uchun Oltiariq tumani LiDePga, Rishton XDPga, Bag‘dod Milliy Tiklanishga degandekmi?

Aytish kerakki, XDP vakili aniq bir summani aytmadi, bu ehtiyojdan kelib chiqadi deb javob berdi. UzLiDeP vakili esa ushbu savolga tayyor emasligini, keyingi safar borsam, albatta javob berishini bildirdi.

Ayrimlar uchun eslatma, O‘zbekistonimiz majoritar saylov tizimini tan oladi. Ya’ni, ko‘pchilik ovoz hal qilish usulini ma’qullaganmiz. Bu haqda kelgusida albatta yozib tushuntiraman.

Meni o‘qiydiganlarga qaytarishdan charchamayman: biz siyosatga saylovlardagina ta’sir o‘tkaza olamiz. Bugun saylovlarga, nomzodlarga befarq bo‘lsak, keyingi 5 yil biz "saylagan" odamlarimiz biz uchun qonun chiqaradilar. Hisobingizni oling. Keyin nega ularning kuchi yo‘q deb gapirib yumang.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан