Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Biz uni butunlay yo‘q qildik" — Emomali Rahmon
26.01.2021 14:01,  
309

Tojikiston Covid-19 virusini to‘liq mag‘lub etdi, dedi Prezident Imomali Rahmon parlamentga qilgan murojaatida. Bu haqda «Ria» nashriga tayanib "Xalq so‘zi" yozmoqda.

«Hozir Tojikistonda koronavirus yo‘q, biz uni butunlay yo‘q qildik», dedi davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston hukumati o‘tgan yili milliy sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard somoniy (145 million dollardan ortiq) ajratgan va mamlakatda 30 ga yaqin yangi kasalxonalar zudlik bilan foydalanishga topshirilgan.

«Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida Covid-19 yuqtirgan bemorlar uchun 7000 dan ortiq yangi shifoxonalar tashkil etildi, ularga 5400 tibbiyot xodimi xizmat ko‘rsatdi», dedi davlat rahbari.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 15 kundan beri Tojikistonda koronavirus infeksiyasining yangi holatlari aniqlanmagan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан