Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bizning maqsadimiz - faqat O‘zbekiston rivojlansin, faqat o‘zbeklar farovon yashasin emas, qo‘shnilarimiz bilan birga, barcha millat va elatlar bilan teng rivojlanish va farovonlikka erishishdir — Alisher Qodirov
15.10.2021 18:26,  
77

Bugun O‘zbekistonda 130dan ortiq millatlarni do‘st, birodar bo‘lib yashayotganligini va hukumat tomonidan ularning tillarini, qadriyatlarini rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini juda to‘g‘ri deb hisoblaymiz va yanada rivojlantirish tarafdorimiz.

 «Milliy tiklanish» partiyasi qoshida millatlar bilan ishlovchi, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlik qiluvchi, alohida bitta yo‘nalish, tizim, platforma yaratiladi.

O‘zbekistonda barcha millat vakillari bir-biri bilan faqatgina do‘st emas, qarindosh va qondoshdir. Bizning maqsadimiz - faqat O‘zbekiston rivojlansin, faqat o‘zbeklar farovon yashasin emas, qo‘shnilarimiz bilan birga, barcha millat va elatlar bilan teng rivojlanish va farovonlikka erishishdir.

Biz boshqa millat vakillari bilan tili boshqa ammo qalbi yaqin qarindoshlarmiz. O‘zbek bolalari nafaqat rus tilini, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman tillarini ham bilishlari kerak.  Shuningdek qirg‘iz bolasi ham o‘zbek, qozoq, tojik, turkman tillarini bilishi lozim. Bu yurtimizda millatlar o‘rtasidagi uzilmas tilsimni adabiylashtiradi.

Men millatchilik qilayotgan ayrim notinch mamlakatlarni qo‘llab -quvvatlamayman. «Milliy tiklanish» partiyasi ham bunday harakatlarga qarshi va hech qachon millatchilik qilmaydi. Chunki biz barcha millatlarni birlashib, bir-birini qo‘llab-quvvatlab rivojlanishi kerak deb hisoblaymiz!

Bizni ayrim blogerlar «millatchi partiya» deb tanqid qilmoqchi bo‘lishadi. Bizningcha har bir millat insoniyat uchun boylik. Har bir millat o‘zining qadriyati, tili, urf-odatlari bilan jamiyat uchun xazina hisoblanadi

Ayni paytda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuvni nomzodning viloyat bo‘yicha ishonchli vakili Hamidjon Omonov ochib, ishtirokchilarni Alisher Qodirovning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан