Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






BMT bosh kotibi insoniyatni yanada og‘ir davrlar kutayotganini ta’kidladi
17.12.2021 16:16,  
579

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh insoniyatni yanada og‘ir davrlar kutayotganidan xavotir bildirdi.

Bosh kotibning jurnalistlar bilan uchrashuvda qayd etishicha, bu yil COVID-19 pandemiyasi davom etdi, odamlar orasidagi notenglik oshib bormoqda, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bosim ortmoqda, ularda pandemiyadan keyin qayta tiklanish uchun zaxiralari kam qolgan, inflyasiya o‘smoqda, qarzlari ko‘paymoqda.

"Men juda xavotirdaman. Agar vaziyat yaxshilanmasa, bizni yanada og‘ir davrlar kutmoqda", – dedi Guterresh.

"COVID-19 hech qayoqqa ketmadi. Ma’lum bo‘lyaptiki, faqat vaksina bilan pandemiyani yengib bo‘lmaydi. Vaksinalar emlanganlarni kasalxonada yotishdan va hayotdan ko‘z yumishdan saqlab qoladi hamda virus tarqalishini sekinlashtiradi, xolos. Lekin, virus tarqalishi baribir pasaymayapti. Bunga vaksinalar adolat bilan tarqatilmayotgani va emlanishni istamaslik sabab bo‘lmoqda", – dedi u.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан