Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolalarni qaysi xollarda emlatish mumkin emas? 
13.10.2020 18:07,  
908

 Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova  koronavirus infeksiyasi va uni davolash bo‘yicha muhim savollarga javob qaytardi.

— Bolada gripp va boshqa kasalliklarga  emlatishdan keyin isitma chiqishi xavfli emasmi? Qaysi xollarda emlatish mumkin emas? 

Bola yoshligida og‘ir kasalliklarga chalinmasligi uchun qator emlashlarni olishlari kerak. Emlash ba’zi holatlarda reaksiya berishi ham mumkin. Ammo u shifokorlar tomonidan to‘g‘ri amalga oshirilsa deyarli salbiy ta’sirlari bo‘lmaydi. 

Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Zarur holatda isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.

Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortig‘i boshqa kasallik yoki allergik holat mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish talab etiladi.

Emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.

Agar bolada oldin qaysidir emlashga qattiq reaksiya bo‘lgan bo‘lsa, shu turdagi emlashni olishdan oldin shifokorga bolada bo‘lib o‘tgan reaksiya haqida xabar berishingiz lozim. 

Shuningdek:
- bolada isitma bilan bog‘liq bo‘lmagan tutqanoq  holati, epilepsiya kasalligi bo‘lsa;
- bola kasal bo‘lib, isitmasi chiqayotgan bo‘lsa, 
- bolaga yuborilishi zarur bo‘lgan qarshi vaksina kasalligi bilan kasallangan bo‘lsa,
- emlanishdan so‘ng bola boshqa mamlakatga ketayotgan bo‘lsa emlash ta’qiqlanadi.

Pandemiya davrida emlashda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Emlash jarayonida yana quyidagilarga  amal qilishni tavsiya etaman:

- Odamlar to‘planishidan o‘zingizni xamda farzandingizni extiyot qilish maqsadida, shifokoringiz bilan telefon orkali vaqtini aniqlab oling;

- borganingizga boshka xonalarga yosh bolangiz bilan kirishdan saqlanishingiz uchun shifokordan anketangizni oldindan tayyorlab qo‘yishini iltimos qiling;
 
- uydan chiqayotganingizda sanitayzer, niqob va bir martalik qo‘lqop olishni unutmang;

- ko‘cha va poliklinikada yuzingiz va ko‘zingizga qo‘llaringiz bilan tegmang;

- bola uchun suv, ko‘rpacha va yoqimli o‘yinchog‘ini o‘zingiz bilan oling. Bular emlash jarayonidan keyin Sizga kerak bo‘ladi;
 
- uyga kelganizdan keyin qo‘llaringizni kamida 20 soniya davomida sovun bilan yuvishni esdan chiqarmang;

- emlanishdan so‘ng bolangizni sog‘lig‘ini bir necha kun davomida kuzatib turing va bezovtalik sezsangiz shifokorga murojaat qiling.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан