Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Booking.com portali o‘z xodimlarining to‘rtdan birini qisqartiradi
5.08.2020 10:07,  
77

Global mehmonxonalarni band qilish bo‘yicha yirik holding va xuddi shu nomdagi veb-sayt Booking.com o‘zining 17000 xodimining chorak qismini ishdan bo‘shatishni rejalashtiryapti. Bu haqda Reuters agentligi xabar beradi. 

Qisqartirish umumiy xodimlarning 25 foizigacha bo‘lishi mumkin, deya seshanba kuni ma’lum qildi kompaniya. Kompaniyaning bosh direktori Glenn Fogelning bayonoti Booking Holding xodimlariga video murojaat shaklida yuborildi.

Booking rahbariyati iloji boricha ko‘proq ish joylarini saqlab qolishga harakat qilishlarini aytishdi. "Afsuski, inqiroz natijasida, boshqa ko‘plab sayyohlik kompaniyalari singari, biz global ishchi kuchini qisqartirish uchun juda qiyin qadam tashlashimiz kerak va bu ishchi kuchining 25 foiziga ta’sir qilishi mumkin", deyiladi rahbariyat bayonotida.

Booking.com ushbu segmentdagi pandemiya davrida qisqartirish to‘g‘risida e’lon qilgan birinchi kompaniya emas. May oyida uy-joylarni bron qilish xizmati Airbnb keng miqyosda qisqartirishni e’lon qildi - kompaniya shtatning to‘rtdan bir qismini - 1900 ga yaqin ishchilarini ishdan bo‘shatgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан