Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Borussiyadan» irodali uchrashuv yoxud so‘nggi daqiqadagi bir ochko
16.12.2020 01:36,  
126

Germaniya Bundesligasining 12-turining dastlabki bahsida Frankfurtning «Ayntarxt» jamoasi o‘z maydonida yetakchilardan biri «Borussiya M»ni qabul qildi. 

Uchrashuv muxlislarni aslo zeriktirib qo‘ymadi. Hisobni dastlab mehmonlar ochishga erishdi. Birinchi gol muallifi Shtindl bo‘ldi. Ammo birinchi bo‘limda maydon egalari raqibning bitta to‘piga uch bora javob berishadi. Shu tariqa dastlabki bo‘limda Frankfurtliklar yirik hisobdagi g‘alaba bilan chiqib ketishadi. 

Ayntraxt F / Borussiya M  3:1

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar rasmiyatchilik uchun o‘tkazib qo‘yishlari mumkin edi, ammo Ayntarxtliklar futbolchisi Abrahamga ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yinni o‘zgartirib yubordi. Mezbonlar asosiy vaqtgacha g‘alabani o‘zlarida saqlab qolishgan edi. Lekin 90 va 90+5 daqiqalarda yana o‘sha Shtindl xet-rikka erishib, mehmonlarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Shu tariqa Shtindlning benifesiga aylanib ketgan uchrashuvda Gladbaxliklar bir ochkoga ega bo‘lishdi.

Gol. Shtindl 14, 90, 90+5. Silva pen.22. Silva 24. Barkok 32

Ayntraxt F / Borussiya M  3:3

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан