Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura xodimi Oliy sud xodimlari bilan til biriktirib, murojaatlarni biznesga aylantirgani haqidagi xabarga izoh berildi
19.03.2021 08:44,  
1639

Bosh prokuratura xodimining Oliy sud xodimlari bilan til biriktirib, fuqarolarning murojaatlarini biznesga aylantirgani va boshqa holatlar haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur xabar yuzasidan bayonot berdi.

Aniqlanishicha, ushbu xabar fuqaro D.X. tomonidan tarqatilgan. Avvalroq fuqaro D.X.ning o‘ziga nisbatan bo‘lgan ma’muriy ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari Bosh prokuraturada ko‘rib chiqilgan. Ish hujjatlariga asosan, D.X. 2018 yil 12 oktyabr «Nexia» rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tarafiga o‘tib ketgan. Qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan J.S. boshqaruvidagi «Nexia» bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

Shuningdek, D.X.ning orqasidan harakatlanib kelayotgan «Matiz» haydovchisi S.R. uning boshqaruvidagi «Nexia»ning orqa qismiga urilgan. Ushbu holat yuzasidan Urganch tuman ma’muriy sudining 2019 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan D.X. Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi, S.R. Ma’muriy jinoyat to‘g‘risidagi kodeksining 134-moddasi va 135-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida, ya’ni 552 000 so‘mdan jarima jazosi tayinlangan.

Shu bilan birga, ushbu qarorda D.X.dan J.S.ning foydasiga avtotransport vositasiga yetkazilgan zarar uchun 1 778 000 so‘m, S.R.dan D.X.ning foydasiga 264 000 so‘m moddiy zarar undirish ko‘rsatilgan. Xorazm viloyat ma’muriy sudi kassatsiya instansiyasining 2020 yil 16 yanvardagi qarori bilan birinchi instansiya sudi qarori o‘zgartirilib, D.X.ga nisbatan tayinlangan jarima jazosi eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida, ya’ni 184 300 so‘m etib belgilangan. Sudda D.X.ning sodir qilgan huquqbuzarligi ishda to‘plangan tushuntirish xatlari, yo‘l-transport hodisasi chizmasi, fotosuratlar hamda boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzar D.X.ning ayblilik masalasi dalillar bilan to‘liq tasdiqlanmagani asos qilinib, ishning unga oid qismini tugatish haqida Oliy sudga nazorat tartibida protest keltirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha Bosh prokuraturaga taqdimnoma kiritilgan. Biroq taqdimnomada keltirilgan vajlar ish hujjatlarida o‘z tasdig‘ini topmagani bois taqdimnoma quvvatlanmasdan qaytarilgan. Bundan tashqari, Bosh prokuratura tomonidan uning murojaati asosida ushbu ma’muriy ish qayta o‘rganib chiqilib, Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga protest keltirish uchun asoslar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан