Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boshqaning g‘oyasini bayroq qilmang, janob Qodirov!
7.09.2021 12:05,  
1663

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yaqinda “Milliy tiklanish” partiyasining lideri Alisher Qodirov Prezidentlikka nomzod sifatida o‘zining saylovoldi dasturi bilan chiqish qildi. Uning nutqida taajjubga soladigan nuqtalar bor. Qiziq, “Adolat” SDPning 2019 yilda tasdiqlangan saylovoldi dasturidan ko‘chirib o‘ziga “bayroq” qilib olish qanchalik mantiqqa mos kelarkin?

Birinchi raddiya – “...faoliyat ko‘rsatayotgan jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlarni birlashtirish...”

Xo‘sh, hurmatli “Milliy tiklanish” DP lideri, “Adolat” SDPning 2019 yilgi saylovoldi dasturining “Huquqiy-ijtimoiy davlat qurish – pirovard maqsadimiz” bobida yozilgan: “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirish orqali fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman, shahar va viloyat sudlari negizida umumiy yurisdiksiya sudlari tashkil qilishni, ularga “xalq sudlari” maqomini berishni, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga nazorat instansiyasi vakolatini yuklash g‘oyasini ilgari surgan va hozirda viloyat miqyosida har to‘rttala sudning birlashtirilgani, ayni paytda, sudlarni tumanlar kesimida birlashtirish jarayoni ketayotganini bilarmikin?

Ikkinchi raddiya – janob Alisher Keldiyevich o‘z saylovoldi dasturida “...jazoni ijro etish muaassalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi” deya iddao qildi. Holbuki, “Adolat” SDPning
2019 yil saylovoldi dasturida bu masalani ustuvor vazifalardan biri sifatida o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bu borada “MT”dan ko‘mak olish niyatida emas.

Uchinchi raddiya – ajabki, hurmatli A.Qodirov yana o‘sha o‘zining saylovoldi dasturida “...mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etiladi” demoqdalar, baralla. Vaholanki, “Adolat” SDPning amaldagi saylovoldi dasturida “Huquqiy-ijtimoiy davlat qurish – pirovard maqsadimiz” bobida “...dastlabki tergov ustida nazoratni kuchaytirish maqsadida, mamlakatda yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish tashabbusini ilgari suramiz” deb yozib qo‘yilgan. “Adolat” SDP bu tashabbusni “MT”ga hadya qilgan yoki bu borada qat’iy pozitsiyasidan chekingan emas.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан