Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boylar uchun yangi soliq joriy etiladi
1.01.2021 21:20,  
539

Sputnik.uzning xabar berishicha ,Rossiyada shaxsiy daromad solig‘i stavkasini yiliga 5 million rubldan oshadigan daromad uchun 13% dan 15% gacha ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, 13 foiz soliq stavkasi jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlaridan tashqari mol-mulki va undagi ulushlarni sotishdan tushadigan daromadlari, sovg‘a sifatida olingan mol-mulk qiymati ko‘rinishidagi daromadlari, shuningdek, fuqarolar tomonidan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari shaklida olingan soliq solinadigan daromadlari va pensiya to‘lovlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu qonun loyihasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomidan ishlab chiqilgan va u tomonidan 2020 yilning 23 noyabrida imzolangan. 2021 yilda soliq stavkasining 15 foizgacha ko‘tarilishi davlat byudjetiga qo‘shimcha 60 milliard rubl, 2022 yilda 64 milliard rubl, 2023 yilda esa 68,5 milliard rubl olib kelishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан