Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu birinchi qadam — Mirziyoyev Toshkent shahri muzeyini ochilishida qatnashdi (fotojamlanma)
20.05.2020 20:51,  
517

Shavkat Mirziyoyevning 11 yanvardagi tavsiyasiga asosan, Adiblar xiyoboni yonidagi bino rekonstruksiya qilinib, Toshkent shahri muzeyi shu yerga joylashtirildi.

Toshkent shahri muzeyi 2200 yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettiradi. Hozirgacha bu yerda mingga yaqin eksponatlar to‘plangan. Muzey fondini boyitish izchil davom ettirilmoqda.

Foto: president.uz

Birinchi qavatda “Toshkent – ilm-fan markazi”, “Toshkent – bag‘rikenglik shahri”, “Amaliy san’at. Kundalik hayot va madaniyat” deb nomlangan ekspozitsiyalar tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda qadimiy ish qurollari, xo‘jalik buyumlari, qadamjolarning maketlari namoyishga qo‘yilgan.

Eksponatlarga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matnlar bilan sharh beriladi. Monitorlar, infokiosklar va boshqa texnologiyalar yordamida qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Foto: president.uz

- Bu birinchi qadam, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Toshkentda ilmiy tadqiqotlar uchun juda katta manba bor. Lekin shu paytgacha yaxlit va to‘liq o‘rganilmagan. Endi 2200 yillik tarixni davrma-davr o‘rganish, muzeyni ashyoviy dalillar bilan boyitib, shahar sivilizatsiyasini to‘la yuzaga chiqarish kerak.

Shu maqsadda ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilish, arxeologlarga sharoit yaratish, izlanishlar natijasi bo‘yicha kitoblar chop etish zarurligi ta’kidlandi. Mahalla va maktab yoshlarini bu yerga olib kelish, boshqa shaharlarda ham shunday muzeylar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Foto: president.uz

Muzey Adiblar xiyoboni yonida tashkil etilgani ham bejiz emas. Yozuvchi va shoirlar, tarixnavislar uning faoliyatini jonlantirish, xorijliklarga targ‘ib etishga hissa qo‘shadi.

Foto: president.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан