Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bu dunyodagi eng xavfsiz reaktor» — Alisher Sultonov O‘zbekistonda quriladigan AES haqida
30.11.2020 17:54,  
508

Energetika vaziri Alisher Sultonov Kirill Altmanning Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi haqida gapirdi.

Spot’ning yozishicha, u atom energiyasining toza ekanligi — atmosfera zararlanmasligi, chiqindilar ajralib chiqmasligiga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston yadro yoqilg‘isi sohasida katta resurslarga va yadro fani borasida boy tarixga (50 yildan ortiq) egaligini aytgan.

«Undan foydalanmaslik gunoh», — deb ta’kidlagan vazir.

Alisher Sultonov, shuningdek, mamlakat uchun tanlangan reaktor (VVER-1200) dunyodagi eng xavfsiz ekanligini ta’kidladi — u nafaqat Chernobil, balki Fukusimadan keyingi voqealarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, chunki u bugungi kunda Chernobilda yuz bergan hodisa kabi holatlarning oldini olishga imkon beradigan qurilmaga ega yagona reaktor.

«U yerda xavfsizlik tizimi bir necha bosqichda shu qadar ishlab chiqilganki, Boing‘ga to‘g‘ri zarba berishga mo‘ljallangan», — deb qayd etgan Alisher Sultonov.

Shuningdek, ayni paytda katta tushuntirish ishlari olib borilayotgani, chunki jamoatchilik fikri MAGATE (Xalqaro atom energiyasi agentligi)ning asosiy talablaridan biri ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Vazir AES nafaqat energiya, balki juda ko‘p ish o‘rinlari yaratiladigan, shuningdek, nafaqat ilm-fan, balki milliy iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlarini rivojlantiradigan «katta qurilish» ekanligini aytgan.

«Nega biz qayerdadir orqada turishimiz kerak?», — deya savol bergan vazir.

O‘zbekiston atom elektr stansiyasini qurish uchun olmoqchi bo‘lgan kreditga kelsak, Alisher Sultonovning fikricha, mamlakatning tashqi qarzlari haqidagi gaplar bo‘rttirilgan.

«Butun dunyo ‘birovning puli’ tamoyilida yashaydi, bu narsa hamma joyda bor, davlat qarzi trillionlab dollarga baholangan AQShni olaylik. Har qanday yirik loyihadan avval hisob-kitob qilinadi. Har gal kredit olganimizda uni kimga va qanday qaytarish kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Birovga qaramlik haqida gapning bunga nima aloqasi bor? Ob’yekt ob’yekt uchun qurilmayapti, biz AESni shunchaki qurishni xohlaganimiz uchun qurmaymiz. U foyda olib keladi. Bularning hammasining hisobi olingan. Ushbu loyihadan pullarni qaytara olishingizga ko‘zi yetmasa, hech kim sizga kredit bermaydi», — deydi vazir.

2019 yilda «Rosatom» rahbari O‘zbekistonda AES bo‘lishining iqtisodiy foydasi haqida gapirgandi. Uning aytishicha, AESga investitsiya qilingan har bir dollar mahalliy yetkazib beruvchilarga 1,9 dollar, mamlakatning yalpi ichki mahsulotiga 4,3 dollar va soliq tushumlari shaklida byudjetga 1,4 dollar daromad keltirishi mumkin.

«2019—2029 yillarda O‘zbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishini 2022 yildan erta boshlamaydi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi ilk atom elektr stansiyasini barpo etish uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich — 2019—2020 yillarda AES quriladigan joy aniqlanadi, 2020—2021 yillarda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. 2022 yildan esa ob’yekt qurilishiga kirishiladi.

Rossiya dizayni asosida quriladigan ushbu AES qiymati taxminan 11 milliard dollarga baholangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан