Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu hafta ob-havo qanday bo‘ladi?
2.03.2020 15:42,  
784

Bugun mamlakatimizning barcha hududida ob-havo bahoriy — iliq va quyoshli bo‘ladi. Turkmaniston hududidan kirgan havo oqimi haroratning ko‘tarilishiga olib keladi, kunduzi harorat 20-25 daraja iliq, bu me’yoriy qiymatlardan 9-11 darajaga yuqoridir.

O‘zgidrometning xabar berishicha, yaqin ikki kun davomida respublika hududiga Kaspiy dengizi janubiy tumanlaridan harakat qilayotgan bulutlar hisobiga harorat bir oz pasayadi.

Mamlakatimiz bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 martda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, kechga borib esa Samarqand viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 martda respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.

5 martda Kaspiy dengizi shimoliy hududidan mamlakatimizga nam va salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, bu havo o‘zi bilan yomg‘ir va salqin olib keladi.

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti, sovuq va nam havo oqimi ta’sirida harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Shu kunlardagi harorat mazkur davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan bir oz past bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан