Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Bu - o‘zining mavqeidan foydalanib qilinayotgan ochiq o‘g‘rilik"- Rasul Kusherboyev
12.01.2021 10:16,  
1439

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev viloyat hokimlari, o‘rinbosarlari va tender o‘tkazishga mas’ul rahbarlarning “o‘z cho‘ntaklari” sifatidagi tadbirkorlik sub’ektlari orqali byudjet mablag‘larini o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelayotgani yashirib bo‘lmas darajaga chiqqanini aytdi.

“Bu – o‘zining ustun mavqeidan foydalanib qilinayotgan ochiq o‘g‘irlik. Buning boshqa shakli – korrupsiya. O‘g‘irlik va korrupsiya esa, doimo jinoyat hisoblangan. Lekin negadir bu ishlar hozircha nazorat organlariga jinoyat bo‘lib ko‘rinmayapti. Gʻalatimasmi? Eng yomoni biror bir hudud mas’uli byudjet mablag‘larini qarindosh va yaqinlari orqali o‘zlashtirilishini tayinli javob bilan rad qilgani ham yo‘q. Demak, bularning bari rost va ular buni inkor qilishmayapti. Shunchaki bez-betlik: terimning qalini jonimni huzuri, deganlaridek”, deydi deputat.

Shuningdek, Kusherboyev mazkur holatga nafaqat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, prokuratura balki parlament va jamoatchilik ham jim qarab turmasligi, bu kabi o‘g‘irlik va korrupsiyaga toqasiz munosabatda bo‘lishi shartligini aytib, prokuraturadan tezkor choralar ko‘rilishini so‘ragan"-deb yozmoqda Qalampir.uz

Avvalroq, Andijon, Jizzax, Xorazm va Navoiyda viloyat hokimi, uning o‘rinbosari yoki davlat buyurtmasiga mas’ul bo‘lgan mulozim davlat buyurtmalarini o‘z qarindoshlariga bo‘lib berish holati aniqlangani haqida xabar qilingandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан