Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bu sharmandali holat»: Bosh vazir gaz va elektr muammosi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi
29.11.2019 14:19,  
2650

28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan ta’minlashdagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» sayti xabar berdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Bosh vazir sovuq tushishi bilan iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi keskin oshishini aytib, hali qish kirmasdan turib, energoresurslar ta’minotida o‘ta jiddiy muammolar paydo bo‘lgani, metro va televideniyeda elektr energiyasi bilan yuz bergan noxush holatlarni keskin tanqid qildi.

«Bu sharmandali holat, – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov. – Ommaviy axborot vositalari, internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda aholining haqli e’tirozlari keng yoritilmoqda. Gaz va elektr energiya yetkazib beruvchilar o‘z ishlariga mas’uliyat bilan qarashmayapti.

Mutasaddi rahbarlar shuncha salbiy holatlarga biron marta ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish yoki asosli javob bergani yo‘q. Misol uchun, 27 noyabr kuni sutka davomida 110 kilovolt kuchlanishli 144ta liniyada jami 300 martadan ortiq cheklov amalga oshirilgan. Ushbu liniyalarda 1 yarim soatdan 5 soatgacha cheklov kiritilishi qanchalik adolatga to‘g‘ri keladi?

Bu kabi holatlar natijasida aholi tomonidan nafaqat Energetika vazirligiga nisbatan, balki butun Hukumatga nisbatan e’tiroz paydo bo‘lmoqda. 31 ming 413 ta holatda elektr energiyadan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan, zarar miqdori esa 22 milliard so‘mni tashkil qiladi. Gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari judayam ko‘p. Natijada jabrini aholi ko‘ryapti».

Bosh vazir, shuningdek, belgilangan reja asosida gaz iste’molchilarga yetib bormaganini qoraladi. Energoresurslar tejamkorligiga e’tibor berilmayotgani, tushuntirish ishlari samarali bo‘lmayotganini tanqid qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан