Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun arafa kuni emas, Arafa kunini noto‘g‘ri talqin qilmaylik
1.05.2022 12:58,  
1677

Bugun muborak Ramazon oyining oxirgi kuni. Ertaga esa Ramazon hayiti nishonlanadi. Bu haqda «UzA» manbasi xabar bermoqda.

Aynan bugun ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda, o‘zaro suhbatlarda, xatto ilmlilar o‘rtasida ham arafa kuni deb e’tirof etilmoqda. 

Odamlar bir-birlarini arafa kuni bilan tabriklab, haqiqiy arafa kuniga tegishli bo‘lgan dalillarni keltirib o‘tmoqda. Endi tabiiy bir savol tug‘iladi: bugun arafa kunimi? Arafa kuni o‘zi aslida qaysi kun?

Albatta, musulmonlar bir-birlarini juma va ikki hayit kunlarida tabriklashlari qadim-qadimdan odat bo‘lib kelgan. Bu kunlarda qavmu-qarindoshlar holidan xabar olinadi. Miskinlar yo‘qlanadi. Ehsonlar chiqariladi. Dasturxonlar tuzatiladi. Bir so‘z bilan aytganda, xursandchilik, shodlik, quvonch kunidir. Shuning uchun bu kunlarda ro‘za tutish taqiqlangan. Ramazon hayiti kuni, Qurbon hayiti kuni va Qurbon hayitidan keyin uch kun ro‘za tutgan kishi sunnatga xilof ish tutishi bilan bir qatorda, qattiq gunohkor bo‘lib qoladi.
Shular qatori arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega kun. Uning bunday deb nomlanishiga bir qancha sabablar bor. 

«Arafa» so‘zi tanish, bilish kabi ma’nolarni anglatadi. Manbalarda bu haqda yetarlicha ma’lumotlar berilgan. Biz esa ularning ayrimlarini keltirib o‘tmoqchimiz.

  • Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, ne’mat tugal qilingan kun. Arafa kuni – Odam alayhissalom bilan Momo Havo onamiz jannatdan yer yuziga tushirilgach, bir-birlarini topib, tanishgan kun. 
  • Arafa kuni – Alloh taolo ruhlarni yaratganida ruhlar bir-birini tanigan kun. 
  • Arafa kuni – qurbonlik aniq bo‘lgan kun. 
  • Arafa kuni – gunohlar kechiriladigan va jonlar do‘zaxdan ozod etiladigan kun.

Bu kun haqida ko‘plab hadislar vorid bo‘lgan. Biz esa ulardan bittasi bilan kifoyalanamiz xolos.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo biror kun arafa kunichalik ko‘p bandani do‘zaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, so‘ng do‘zaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» deb so‘raydi», dedilar» (Muslim rivoyati).

Ana shu dalillardan kelib chiqib aytamizki, qurbon hayitidan oldingi kun, ya’ni, Zulhijja oyining 9-kuni haqiqiy arafa kuni hisoblanadi. 
Lekin biz insof bilan aytadigan bo‘lsak, payshanba kunini hech qachon seshanba demaymiz. Yoki Rajab oyini Safar oyi demaymiz. Shunday ekan haqiqiy arafa kuniga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni aynan shu bugunga tegishli qilib o‘zlashtirib olishdan o‘ta-o‘ta ehtiyot bo‘lmog‘imiz zarur. Chunki bu shariat, din. Shariat va din borasida gapirganda, odam o‘ta hushyor bo‘lmog‘i talab etiladi. Hadislarni misol keltirishda ham shu tomonini o‘ylamoq kerak. Aks holda, pokiza, shaffof, asrlar yo‘qotmay kelgan muqaddas dinimizning ahkomlariga nuqson yetkazib qo‘yishimiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан