Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi
3.05.2022 08:05,  
68

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 3 may kuni uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19o, kunduzi 25-27o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 22-27o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI

 

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayadi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 30-35o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 27-32o bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha  kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан