Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 55 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
16.05.2020 20:26,  
341

Xorazm viloyatida navbatdagi 18  nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning 5 nafari Xorazm viloyatidan,  2 nafardan Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 1 nafardan  esa Toshkent shahri, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan.

Ulardan  13 nafar fuqaro Rossiyadan kelgan, jumladan,   2 nafari xalqaro  yuk  tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, 11 nafari charter reyslar orqali yurtimizga olib kelingan va karantinga olingan, kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan.

5 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning eng yoshi kattasi 54, yoshi kichigi esa 19 yoshda.

Viloyatda shu paytga qadar 210 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 228 nafarga yetdi. Hozirda Xorazmda 5 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun 55 nafar bemor tuzalib, ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2213 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан