Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun O‘zbekistonda 686 kishi koronavirus yuqtirdi, 5 bemor vafot etdi, 743 kishi tuzaldi
30.07.2020 23:47,  
369

Shu yilning 30 iyul kuni mamlakatimizda 686 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 58 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 628 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Andijon, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona hamda Buxoro viloyatlarida jami 743 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 23 271 nafar bemordan 13 680 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 455 nafar bemordan 436 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 70 467 nafar, statsionar karantinda esa 22 789 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан