Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun Toshkentda og‘ir atletika o‘yicha Osiyo chempionati start oladi
17.04.2021 09:26,  
64

Bugun poytaxtimizda og‘ir atletika o‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Kecha Wyndham mehmonxonasida mazkur musobaqaga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Shahrullo Mahmudov, Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vitse-prezidenti Abdulla al Jermal, musobaqada ishtirok etadigan taniqli sportchilar, jumladan, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, Olimpiya o‘yinlari rekordchisi Ruslan Nurudirov, Rio-2016 Olimpiadasi kumush medal sohibi va 3 karra JCh sovrindori filippinlik Xedelin Dias, OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir o‘zbek sporti uchun unutilmas voqeliklardan biri bilan boshlandi. Bir necha oy avval xorijiy manbalarda raqiblarning doping tahlilidan musbat natija chiqqach, hamyurtimiz Ivan Yefremevga London-2012 Olimpiadasining bronza, Dolera Davronovaga esa Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasining kumush medali topshirilishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan yo‘llangan sportchilarimizning medallari Toshkentga yetib keldi va bugun ular o‘z egalariga taqdim etildi. Medallarni MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov topshirdi.

«Navbatdagi Osiyo chempionati pandemiya davridagi ilk musobaqa, shuningdek, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridan avval qit’amiz uchun so‘nggi turnir ham hisoblanadi. Osiyo og‘ir atletika sportida jahonda yetakchi qit’a hisoblanadi. Rio Olimpiadasi misolida aytsak, unda 15 oltin medaldan 13 tasi aynan qit’adoshlarimizga nasib etgan. Osiyo chempionatida ko‘plab jahon va Olimpiya o‘yinlari chempionlari ishtirok etishadi. Jumladan, yetakchi sanalgan Xitoy jamoasi ham eng kuchli 18 nafar atlet bilan kelmoqda. Shu bois bellashuvlar qiziq o‘tishiga hech qanday shubha yo‘q», – dedi Shahrullo Mahmudov.

Ivan Yefremov ham endi Olimpiya sovrindorlari qatori taqdirlanadimi, degan savol ko‘pchilikda paydo bo‘lgan. Bu savolga MOQ raisining birinchi o‘rinbosari quyidagicha javob berdi:

«Medal qisqa muddat ichida yetib keldi. Shu bois bugun uni tantanali ravishda topshirishga qaror qildik. Pul mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha hukumatimizga murojaat qildik. Sportchilarimiz doimo davlatimiz tomonidan qo‘llab kelingan. Ishonamizki, Yefremov ham o‘z mehnatiga munosib mukofotini oladi».

«Bundan juda ham xursandman. Kechroq bo‘lsa ham mamlakatimizning og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiadalardagi ilk medaliga mualliflik qilmoqdaman. Hissiyotimni so‘z bilan ifodalash qiyin», – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Ivan Yefremov.

Tadbir davomida Dolera Davronovaga ham Buenos-Ayres-2018 o‘smirlar Olimpiadasining kumush medali topshirildi. Shundan so‘ng musobaqaning tashkiliy jarayoni, sportchilarimizning holati, Tokio-2020 Olimpiadasiga olib borilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан