Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun turli darajadagi rahbarlarning ishdan olinishi kutilmoqda
8.04.2021 16:11,  
687

Bugungi bo‘lib o‘tadigan Prezident videoselektorida joriy yilda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish choralari tanqidiy ko‘rib chiqiladi.

O‘tgan yili kichik biznes sub’yektlariga davlat tomonidan kreditlar va moliyaviy yordam ko‘rinishida qariyb 120 trln so‘m ajratilgan. Buning natijasida pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingta korxona faoliyatini qayta tiklash hamda xususiy korxonalarning aylanma mablag‘larini 33 foizga oshirishga erishilgan.

Lekin ayrim viloyatlarda bu borada olib borilayotgan ishlar biznes va hukumatning talablariga javob bermaganligi sababli Prezident qator turli darajadagi rahbarlarni ishdan olishi  kutilmoqda.

Bundan tashqari, davlat rahbari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni belgilab beradi.

Batafsil keyinroq...

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан