Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun virus yuqtirganlar soni ham rekord darajaga yetdi
25.06.2020 23:51,  
774

2020 yil 25 iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7177 (+90) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 5 nafar Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun mamlakatimizda, afsuski, 276 holatda kasallik aniqlanib, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Shundan 243 nafari Karantin muassasalarida, 24 nafari aholi orasida (shundan 17 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, yana 2 nafari Jizzax viloyati hamda 1 nafari Andijon viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан