Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bugun yurtimizda 1208 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
2.08.2020 23:36,  
380

Shifokorlarimizning matonatli mehnati sabab bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 208 nafari sog‘aydi

Jumladan, bemorlarning 678 nafari Toshkent shahrining 20 ta shifoxonasida va uy sharoitida davolanganlardir, shuningdek, 185 nafari Toshkent viloyatida, 103 nafari Samarqand viloyatida, 102 nafari Qashqadaryo viloyatida, 50 nafari Buxoro viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 1 avgust kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 835 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 64 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан