Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Bukrini go‘r to‘g‘rilaydi”. Jinoyatchi ikkinchi bora ham o‘z "hunar"ini ko‘rsatdi
28.03.2021 19:14,  
262

Sho‘rchi tumanida 2021 yilning 16 mart kuni tumanning “Bobur” mahallasida N.O‘. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 mart kuni taxminan soat 13.30 lar chamasida, tumanning “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan to‘yxonaga, sinfdoshi Q.S.ga tegishli, Lada Largus rusumli avtomashinasida olib kelgan narsalarni tushirayotganida, noma’lum shaxs avtomashinada turgan sumkasi va uning ichidagi 250 AQSh dollari, 250.000 so‘m pullari, bir juft 100.000 so‘mlik “Airpod” rusumli naushniklari va 1 dona narxi 85 AQSh dollar bo‘lgan “D&P perfumym” nomli erkaklar atirini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni tumanning “Yoshg‘ayrat” mahallasida yashovchi E.T. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 18 mart kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Fuqaro E.T. ilgari ham o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilganligi uchun Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlanib, hozirda tuman IIB probatsiya hisobida jazo muddatini o‘tab kelayotganligiga qaramasdan takror o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан