Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Butun Pokistonda 200 million kishi elektr tokisiz qoldi
10.01.2021 12:42,  
274

     Butun Pokiston hududi elektr energiyasidan uzilib qoldi, deb yozadi “RBK”. Bu haqida mahalliy Dawn gazetasi mamlakat energetika vaziri Umar Ayub bayonotiga tayanib xabar bergan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uzilish natijasida butun mamlakat hududi bo‘ylab qariyb 200 million kishi elektr tokisiz qolgan. Uzilishlar Pokistonning Karachi, Islomobod, Lahor, Multon, Kasur kabi yirik shaharlarida va boshqa shaharlarda ham kuzatildi.  Pokiston energetika vaziri vaziyatni shaxsan o‘zi nazorat ostiga olganiga ishontirdi. U aholini yuzaga kelgan vaziyatda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston hukumati energiya uzatilishini Tarbeldagi elektrostansiya orqali qisman qayta tiklashga urinmoqda.   Nashr  ma’lumotlariga ko‘ra, uzilishga elektr energiyasini taqsimlash tizimidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgan. O‘z navbatida, bosh vazirning maxsus yordamchisi Shahboz Gill ma’lum qilishicha, energetika vaziri va butun idora avariya sabablarini aniqlashi kerak bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан