Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Butunjahon turizm tashkiloti yig‘ilishi Registonda onlayn ochildi
25.06.2020 14:45,  
155

Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Yevropa mintaqaviy komissisining 65-yig‘ilishiga Samarqand mezbonlik qilmoqda. Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.

UNWTO Yevropa mintaqaviy komissisi yig‘ilishi 65-sessiyasining asosiy mavzusi pandemiyaning turizmga ta’siri va uning oqibatlaridan tiklanish masalasiga qaratildi.

Tadbir Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov hamda mintaqaviy komissiya raisi – Gretsiya Turizm vaziri Garri Teoxaris nutqlari bilan ochildi.

Aziz Abduhakimov ishtirokchilarni O‘zbekistonda pandemiya davrida sohani rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shu o‘rinda u davlat rahbarining 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga to‘xtalib o‘tdi. 

UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili nutqidan so‘ng Yevropa departamenti direktori Alissandra Priante COVID-19 davrida Yevropada olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi tashabbuslarga doir ma’lumot berdi. Shu bilan birga, yig‘ilishdan “COVID-19’ga javob siyosati” mavzusida vazirlararo muhokamalar hamda UNWTO va Xalqaro moliya korporatsiyasining yashil moliyalashtirish instrumenti mavzusidagi ma’ruzalari o‘rin oldi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari navbatdagi 66-yig‘ilishni to‘liq formatda o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, 2021 yilda UNWTO va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda turizm sohasida investitsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiyani O‘zbekistonda o‘tkazishga doir kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан